O'zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashi 2020-yil 18-dekabr kuni soat 10:30 da Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi,
46-uy manzilida joylashgan bankning Bosh ofisida bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar qiladi.
YIG‘ILISH KUN TАRTIBI:
Bank Kuzatuv kengashi aʼzolarini saylash.
Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organ nomi: bank Kuzatuv kengashi.
Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berish uchun bank aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasi:
2020-yil 23-noyabr.
Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bank aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasi: 2020-yil 14-dekabr.
Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ko‘riladigan masalalar bo‘yicha ma’lumotlar bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin:
100096, Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46-uy, bankning Bosh ofisi.
Bankning elektron pochta manzili: info@xb.uz.
Qo‘shimcha maʼlumotlar olish uchun telefonlar: (78) 120-17-87; (78) 120-17-86.
Bank Kuzatuv kengashi
Yangi xizmatlar va aksiyalarni o'tkazib yubormaslik uchun obuna bo'ling. Bir haftada bir martadan ko'p bezovta qilmaslikka va'da beramiz.